Toshkent xalqaro aeroportida aviaqatnovlar soni oshishi va yoʻlovchilar oqimi koʻpayishi hisobga olinib, roʻyxatdan oʻtish jarayoniga tegishli yangi qoidalari joriy etildi.
Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati maʼlum qildi.
Endi Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga roʻyxatdan oʻtish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.
Parvoz oldidan protseduralarni bajarish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha vaqtni hisobga olgan holda, yoʻlovchilardan aeroportga oldindan yetib kelishlarini soʻraldi.