Uzbekistan Airways Seulga parvozlar sonini oshiradi

    Transport 19 Aprel 2022 1520

    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Seul – Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar sonini oshiradi.

    Ayni paytda mazkur yoʻnalishda aviaqatnovlar haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilyapti.

    2022-yil 3-maydan boshlab, ushbu yoʻnalishda haftaning seshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.

    Muhim: davlatga kirish uchun yoʻlovchilar PZR-testining salbiy natijasini (amal qilish muddati 48 soat) taqdim etishlari kerak.

    Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Shuningdek xabarda qoʻshimcha maʼlumotlarni +998 78 140 02 00 telefon raqami orqali olish mumkinligini eslatiladi.