Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Airbusga tegishli uzoq masofaga moʻljallangan havo kemasining birinchi operatori boʻldi. Birinchi samolyot 188 yoʻlovchiga (biznes-klassdagi 16 oʻrin, ekonom klassida 172 oʻrin) moʻljallangan va CFM International LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan. Aviakompaniya birinchi A321LR havo kemasidan mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha foydalanishni rejalashtirmoqda.
“Aviakompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari — yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga parvozlar geografiyasini kengaytirish, shuningdek, yangi va qulay samolyotlarni sotib olish orqali aviaparkini kengaytirishdir. Buning yaqqol misoli joriy yil oxirigacha qabul qilib olinadigan beshta Airbus samolyotlariga buyurtma berilishidir” — deydi “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.
Tadbir davomida ishtirokchilar, OAV vakillari yangi zamonaviy Airbus A321neo avialayneri va uning texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishishdi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi Axborot xizmati