“Uzbekistan Airways” yangi mavsumda aviaqatnovlar jadvaliga o'zgartirish kiritdi

    2022-yil 30-oktyabrdan aviakompaniya qatnovlari jadvali qishki mavsumga o'tayotgani aytilgan edi.

    Shu munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

    Unga ko'ra, qatnovlar mahalliy vaqtlari quyidagicha:

    HY-091/092 Toshkent – Andijon – Toshkent haftaning seshanba va juma kunlari:

    Toshkentdan uchish: 10:45

    Andijonga yetib borish: 11:45

    Andijondan uchish: 16:20

    Toshkentga yetib borish: 17:10

    HY-049/050 Andijon – Samarqand – Andijon haftaning seshanba va juma kunlari:

    Andijondan uchish: 12:35

    Samarqandga yetib borish: 13:45

    Samarqanddan uchish: 14:25

    Andijonga yetib borish: 15:30

    HY-048/047 Samarqand – Namangan – Samarqand shanba kunlari:

    Samarqanddan uchish: 10:35

    Namanganga yetib borish: 11:45

    Namangandan uchish: 12:35

    Samarqandga yetib borish: 13:45

    HY-077/078 Toshkent – Qarshi – Toshkent yakshanba kunlari:

    Toshkentdan uchish: 08:00

    Qarshiga yetib borish: 09:00

    Qarshidan uchish: 09:50

    Toshkentga yetib borish: 10:50

    HY-071/072 Samarqand – Farg'ona – Samarqand haftaning yakshanba kunlari:

    Samarqanddan uchish: 11:55

    Farg'onaga yetib borish: 13:00

    Farg'onadan uchish: 14:00

    Samarqandga yetib borish: 15:10

    HY-041/042 Toshkent – Samarqand – Toshkent yakshanba kunlari:

    Toshkentdan uchish: 10:00

    Samarqandga yetib borish: 10:55

    Samarqanddan uchish: 16:10

    Toshkentga yetib borish: 17:00

    HY-065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent seshanba va juma kunlari:

    Toshkentdan uchish: 06:25

    Termizga yetib borish: 07:45

    Termizdan uchish: 08:35

    Toshkentga yetib borish: 09:45.

    Yo'lovchilar aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3 % chegirma bilan xarid qilishi mumkin.