2022-yil 20-sentyabrdan boshlab, Uzbekistan Airways Parij, Frankfurt, London va Milan yoʻnalishidagi aviaqatnovlarda bort taomlarini oʻzgartirishni boshlamoqda va ushbu aviaqatnovlarda yoʻlovchilar aviakompaniyaning yangi ketring konsepsiyasini baholashlari mumkin.

Bort taomlari yangi konsepsiyasining asosiy farqi shundaki, Uzbekistan Airways nafaqat menyu va xizmatni oʻzgartiradi, balki unga xalqaro standartlarni inobatga olgan holda tayyorlangan zamonaviy taomlar qoʻhiladi. Asosiy maqsad — bortda yoʻlovchilarni yangi taom kontsepsiyasi bilan hayratda qoldirish va xursand qilishdir.

Eslatib oʻtamiz, Seul yoʻnalishi boʻyicha shu yilning avgust oyida bort taomlari konsepsiyasi yangilangan.