O‘zbekistondagi GTL zavodi negizida quvvati yiliga 100 ming tonnagacha bo‘lgan chiziqli alkilbenzollar ishlab chiqarishning qurilishi rejalashtirilgan. Yangi ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida GTL kerosin ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlar xizmat qiladi.
Chiziqli alkilbenzol suyuq sovunlardan boshlab kir yuvish kukunlarigacha bo‘lgan barcha turdagi yuvish vositalarini ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bugungi kunda yuvish vositalari bozori eng jadal rivojlanayotgan bozorlardan biri bo‘lib, ham respublikada, ham MDH mamlakatlarida ChABga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshganligi kuzatilyapti.
Imzolangan memorandum «Uzbekistan GTL» va «Honeywell UOP» o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bilan birga yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy, litsenziyalash va boshqa hujjatlarni birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
«Honeywell UOP» neftni qayta ishlash, neft-kimyo va gazni qayta ishlash sanoatlari uchun qayta ishlash texnologiyalari, katalizatorlar, adsorbentlar, uskunalar va konsalting xizmatlarini yetakchi xalqaro yetkazib beruvchisi va texnologiyalar litsenziari hisoblanadi.