UZTELECOM delegatsiyasi Xitoyda amaliy tashrif bilan boʻlib, Huawei kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Kompaniya vakillari Oʻzbekistonda ilgʻor texnologiyalarni yanada joriy etish maqsadida AKT sohasi uchun innovatsiyalar bilan tanishdi. Mamlakatning AKT infratuzilmasini mustahkamlash, xususan, “aqlli” shaharlar qurish va “aqlli” uy konsepsiyalarini joriy etish kabi sohalarda Sunʼiy Intellekt va Katta Maʼlumotlar texnologiyalaridan foydalangan holda 5G va 5,5G tarmoqlarini joriy qilish imkoniyatlari va ilgʻor tajribalari oʻrganildi va muhokama qilindi.
Sunʼiy Intellekt va Katta Maʼlumotlar texnologiyalaridan foydalanish Oʻzbekistonni raqamlashtirishni jadallashtirishga yordam beradi, shuningdek, jamiyat hayoti sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va kundalik ish jarayonlariga intellektuallikni joriy qiladi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar Sunʼiy Intellekt va Katta Maʼlumotlar texnologiyalarini joriy etish yuzasidan loyihani ishga tushirish boʻyicha hamkorlik memorandumi tuzishga kelishib oldilar.
Chorak asrdan beri Huawei kompaniyasi va UZTELECOM aloqa operatori aloqa sohasida ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, innovatsiyalarni joriy etishda hamkorlik qilib kelmoqda. Sentyabr oyida boʻlib oʻtgan ICTWEEK 2024 haftaligida kompaniyalar Oʻzbekistonda MDHda birinchi marta 5.5G tarmoqlarini ishga tushirishdi.
“UZTELECOM” AK Axborot xizmati
Reklama