Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 %), Qashqadaryo (12,4 %), Buxoro (12,2 %) va Samarqand (8,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.
Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,7 %), Jizzax viloyatida (1,4 %)ga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.