Ochiq aytish kerakki, bugungi kunda oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan deyarli daromad olinmayapti. Biz oʻzimizda mavjud resurs va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanadigan boʻlsak, hech boʻlmaganda yiliga 25 milliard soʻm sof daromad olishimiz mumkin.

Aytaylik, kovrak dorivor oʻsimligini yetishtirib, viloyatda bir yilda 10 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilish imkonimiz bor. Ikki yil oldin ekilgan shafran bu yil hosilga kirdi. Undan ham yetarlicha daromad olish mumkin. Bu tahlillardan biz imkoniyatlarni toʻliq ishga sola olmayotganimiz yaqqol namoyon boʻldi. Bu islohotlar zamirida bandlik masalasini hal qilish yotganini his qilishimiz va unutmasligimiz kerakligi alohida taʼkidlandi.

Toʻra BOBOLOV,

Surxondaryo viloyati hokimi