Oʻzbekistonlik gimnastikachi qizlar Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunladi
Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.