Tashrif davomida Polsha avtotransport inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv davomida qoʻshma reyd tadbirlari oʻtkazildi va polshalik hamkasblarning vazn va hajm parametrlari, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, shuningdek, xalqaro yuk tashish va xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayoni boʻyicha tajribasi oʻrganildi.
Bu bejiz emas, albatta. Haylovchilarning uzoq masofalarga dam olish rejimiga amal qilmay yuk va yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanishlari ogʻir oqibatlarga, turli darajadagi yoʻl-transport hodisalarini kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, yuk tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalarining ogʻirlik va hajm parametrlariga amal qilmasdan boshqarishlari yoʻllarning sifat darajalariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Yuqoridagi salbiy holatlarni hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yoʻl transport xodisalarini oldini olish maqsadida, Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi vakillarining mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tashkil etilishi, ish tajribasi oʻrganildi va mamlakatimizda amaliyotda tadbiq etish koʻzda tutilgan.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Transport nazorati inspeksiyasi va Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.