Shavkat Mirziyoyev Myanma rahbariga hamdardlik maktubi yoʻlladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myanma hududida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jabrlangani, jiddiy talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Myanma Ittifoqi Respublikasi Davlat boshqaruvi kengashi raisi General Min Aung Hlaingga hamdardlik maktubi yoʻlladi.