Vaksina olgan ayollar uch yilgacha farzand koʻra olmaydimi?

    Salomatlik 2 Avgust 2021 1962

    AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazir oʻrinbosari Shahlo Turdiqulovaning aytishicha, vaksina qabul qilish insonning farzand koʻrish qobiliyatiga umuman taʼsir oʻtkazmaydi.

    «Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador boʻlgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda.

    Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt oʻtdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojoʻya taʼsir kuzatilmagan. Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador boʻlishiga hech qanday toʻsqinlik koʻrsatmagan».