Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusga qarshi vaksinani tadqiq qilishning III bosqichi 7-10 kun ichida boshlanishi mumkinligini aytdi.

TASSga bergan intervyusida Ginsburg 17-avgust, dushanba kuni institut keyingi tadqiqotlar uchun protokolning birinchi versiyasini taqdim etadi, shundan soʻng Sogʻliqni saqlash vazirligi kutilayotganidek, klinik sinovlarning III bosqichi boshlanishini tasdiqlaydi.

Ginsburg koronavirusga qarshi vaksinaning soʻnggi tadqiqot bosqichida bir necha oʻn minglab odamlar qatnashishi mumkin deb hisoblaydi. Tadqiqot Moskva hududida oʻtkaziladi, chunki emlash va hisob-kitob uchun barcha zarur infratuzilma mavjud.

Roszdravnadzor matbuot xizmati, oʻz navbatida, preparatni roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng, klinik sinovlarda ikki ming kishi qatnashishini aytdi.

Ginsburgning TASS agentligiga maʼum qilishicha, vaksinaning fuqarolarga qoʻllanilishi tadqiqotning III bosqichidan bir oy oʻtgach boshlanadi, ammo mamlakatning barcha aholisi darhol vaksina olish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.