Valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar J.S. va Z.X. fuqaro A.J.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47 mln soʻmga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shuningdek, Departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.M. fuqaro D.Q.dan jami 3 000 AQSH dollarini 37,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, 1 600 AQSH dollari va 43,7 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.