“Qonunning 1-moddasi bilan 1993-yil 7-mayda qabul qilingan ”Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirish kiritildi:
Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga Prezident qarorlari asosida yoʻl qoʻyilishi belgilandi.
1995-yilda qabul qilingan “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi.
Konsessiya — davlat-xususiy sheriklik loyihasining bir turi hisoblangani sababli, 2021-yildan boshlab Konsessiya loyihalari “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solinadi"