Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi va Gʻijduvon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.N. fuqaro D.T.dan 4 000 AQSH dollarini 51,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida, fuqaro Z.H. (muqaddam sudlangan) fuqaro G.Z.dan 3 000 AQSH dollarini 38,7 mln soʻmga sotib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Namangan va Urganch shahri boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.D. fuqaro M.B.ga 3 500 AQSH dollarini 45,5 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro S.S. fuqaro D.X.dan 3 200 AQSH dollarini 40,8 mln soʻmga sotib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.








