Bu haqda u IIBga ariza bilan murojaat qildi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni oʻzlashtirgan shaxs Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 1991-y.t., U.E. ekani aniqlandi.
U mazkur jinoyatni fuqaro X.S. bankomatdan pul naqtlashtirayotgan vaqtida qilganini tan olgan. Taʼkidlashicha, uning bank kartasi maʼlumotlarini yashirincha koʻrib olib, qoʻngʻiroq qilib olish maqsadida fuqarodan mobil telefonini vaqtincha berib turishini soʻraydi.
Shundan soʻng telefon raqamiga kelgan SMS-xabarnomani qoʻlga kiritib bank kartasi boshqaruvi orqali pullarni oʻzlashtirgani maʼlum boʻldi.
U.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.