Bu borada fuqarolar oʻz huquqlarini bilishlari va ehtiyotkor boʻlishlari muximdir.
Choyxonada doʻstlari bilan oʻtirgan Alisher(ismlari oʻzgartirilgan) mashina olmoqchii ekanligini aytib qoldi. Shunda uning tanishi Murodjon oʻzining firibgarlik gʻoyasini oʻylab koʻrdi:
«Alisher, agar sen menga 10.000 dollar bersang, sen xoxlagan mashinani olib berishim mumkin!»deya gap boshladi va Alisher ham bunga darhol rozi boʻldi.
Chunki u Murodjonning niyati egri ekanligini bilmas edi.
Murodjon gapini ustidan chiqdi va Alisherga bir kunda mashina olib berdi biroq, oxiri voy boʻldi...
Gap shundaki, Murodjon ushbu avtomashinani birovdan “Variant”ga olgan ekan va mashinaning haqiqiy egasiga toʻlovlarni har oyda pul berib borish kerak ekan, lekin Murodjon ushbu pullarni toʻlashni hayoliga ham keltirmadi.
Alisherdan olgan pullarni esa oʻz extiyojlariga sarflab yuborgan edi...
Mashinaning haqiqiy egasi esa mulkini qaytarib olish uchun sudga murojaat qildi.
JIB Yozyovon tuman sudining 02.12.2024-yildagi qaroriga asosan avtomashinani egasiga qaytarish va Murodjondan 23,2 mln.soʻm jarima undirish belgilandi va sud qarori Byuroning Qoʻqon boʻlimi ish yurituviga kelib tushdi va ijro ishi qoʻzgʻatildi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida Sud qarorida koʻrsatilgan avtomashinani oʻz egasiga qaytarildi va kamiga Murodjon davlat foydasiga 23,2.mln jinoiy jarima ham toʻladi.