баннер
28 Apr 2025
03:33

    Vatan taraqqiyotiga hissa qoʻshish yoshlarimiz orzusi

    Bo'sh vaqtda 27 Dekabr 2021 11614

    Xabaringiz bor, isteʼdodli, tashabbuskor, oʻz kasbining ustasi boʻlgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” Respublika tanlovi eʼlon qilingan.

    Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular oʻrtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura, dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarni yanada ommalashtirishni maqsad qilgan.

    Unda shahar va tumanlardan tanlab olingan iqtidorli yoshlarning ijod namunalari koʻrib chiqildi. Shahar-tuman bosqichlarida munosib deb topilganlari viloyat koʻrik-tanloviga havola etildi.

    Xorazm viloyat miqyosida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovda qoʻlga kiritilgan yutuqlarimizdan biri shu boʻldiki, unda chekka hududlardan ham koʻplab hali biz tanimagan, bilmagan iqtidorli yoshlar yuzaga chiqdi. Qishloqlarda ham ijodkor yoshlarimiz yetarli ekanligiga yana bir bor amin boʻldik. Bular Prezidentimiz tomonidan olib borayotgan islohotlar, aynan Yoshlar Maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida olib borilayotgan ishlar natijasi desak yanglishmaymiz.

    Tanlovning Xorazm viloyati bosqichida Shovot tumani yoshlari faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. “Tasviriy va amaliy sanʼat” yoʻnalishi “amaliy sanʼat” nominatsiyasi boʻyicha Shovot tuman 8-son musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi Soparboyeva Shahzoda faxrli 2-oʻringa munosib topildi. Badiiy adabiyotning “Nazm” yoʻnalishi boʻyicha Respublika “Zomin” seminari qatnashchisi Umidjon Qoʻziyev faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Mazkur yoshlarimiz Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Xorazm viloyat boʻlimining Diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, tumanimizdagi maktab oʻquvchilari orasida iqtidorli yoshlarning yuzaga chiqishidir. Tanlov ularni yanada koʻproq izlanishga, ijod qilishga, harakatdan toʻxtamaslikka undashi shubhasiz.

    Yuldoshev Sarvar,

    Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

    Xorazm viloyati Shovot tuman

    boʻlimi mutaxassisi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech