Ayni paytda Turkiya Respublikasida ijodiy safarda boʻlib turgan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlimi jamoasi  oʻzining ilk chiqishlarini ushbu davlatning Side shahrida boʻlib oʻtayotgan “V-Xalqaro musiqa va raqs” festivalidan boshlagan edi.

Dunyoning koʻplab mamlakatlaridan, xususan, Oʻzbekiston, Bolgariya, Rossiyaning 5ta shahri, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Tatariston kabi davlatlarning madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etayotgan festivalda hamyurtlarimiz oʻzbek vatandoshlari va oʻzbek sanʼati ixlosmandlari uchun konsert dasturlarini taqdim etishda davom etmoqda.