Uchrashuvda akademik litseydagi ta'lim-tarbiya jarayoni, o'quvchilarning darsdan tashqari mashg'ulligi, ovqatlanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, fan, sport, san'at yo'nalishidagi to'garaklar faoliyati bilan tanishildi.
Litseyining rahbar va pedagog xodimlari bilan muloqotda o'quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, litsey faoliyatini raqamlashtirish, yangi tashkil qilingan Smart room imkoniyatlaridan dars mashg'ulotlari, onlayn seminar va uchrashuvlarda unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, akademik litseyning bino va inshootlari, o'quvchilar yotoqxonasining texnik holati, isitish, elektr, issiq va sovuq suv ta'minoti, yong'in xavfsizligi tizimlari ko'zdan kechirildi. Vazir o'rinbosari tomonidan 2021 yilda o'quvchilar turar joyining moddiy-texnik bazasi hamda sanitariya va gigiena bilan bog'liq sharoitlarni, litsey hududida obodonlashtirish ishlarini yaxshilash bo'yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.