Ayni damda oʻqituvchining maktabdagi nosogʻlom muhit boʻyicha ijtimoiy tarmoq faollariga murojaati keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Vazirlik matbuot xizmati jamoatchilik vakillaridan har ikki tomonni oʻrgangandan soʻng xolis axborot tarqatishlarini, shuningdek, vazirlik ishchi guruhi bilan birgalikda oʻrganish jarayonlarida ishtirok etishlari mumkinligini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, maktabda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida yuzaga kelgan nizoli holat boʻyicha oʻquvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan oʻquvchining onasi va maktab oʻqituvchisiga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.
Ishchi guruhning oʻrganish natijalari jamoatchilikka maʼlum qilinadi.
Yuqoridagi holat nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarni ham hushyor boʻlishga undashi kerak. Sababi farzandlarimiz maktabga taʼlim olish uchun keladi, tarbiya esa ota-ona zimmasida boʻlishi lozim.
Shu oʻrinda oʻqituvchilardan ham oʻquvchilar bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda, pedagogga xos boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllashi lozimligini, har qanday holatda oʻzini qoʻlga olib, bolaning ota-onasi bilan birgalikda muammoga yechim topishi zarurligi yana bir bor eslatildi.