Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktsiyasi” DUK direktori lavozimidan ozod qilindi

    Mamlakatimizda 26 Yanvar 2023 1869

    Shuxrat Jurabaevich Xakimov “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktsiyasi”ga yangi direktori etib tayinlandi.

    Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko'ra, Sobirjon Shamsiddinovich Oripov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktsiyasi” davlat unitar korxonasining direktori lavozimidan ozod qilindi.

    Shuxrat Jurabaevich Xakimov O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direktsiyasi” davlat unitar korxonasining direktori etib tayinlandi.

    Ma'lumot uchun, Shuxrat Xakimov shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo'ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'limi mudiri lavozimi ishlab kelayotgan edi.