Eng katta kamchilik – vazirliklar quyi boʻgʻinda, ayniqsa, tuman va shahar darajasida samarali ish tashkil eta olmayapti. Endi aholi bilan bevosita muloqot qilib, odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish ular uchun bosh vazifa boʻlishi kerak.
Bundan buyon har bir rahbar va mutasaddi faoliyatiga aynan shu mezon asosida baho beriladi.
Prezidentimiz deputatlarni vakolatlari doirasida oʻz okruglaridagi tuman va shahar darajasida soʻrov va talabni hech tortinmasdan kuchaytirishga chaqirdi.