Veloshosse boʻyicha mamlakat chempionlari aniqlandi

    Sport 26 Oktabr 2020 800

    Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida veloshosse boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionati yakunlandi. Dasturga koʻra, musobaqaning eng qiziqarli yoʻnalishi boʻlmish guruh poygasi yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.

    Kutilganidek, erkaklar oʻrtasidagi bellashuvda tajribali sportchimiz Murodjon Xolmurodov marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Ayollar oʻrtasidagi esa yosh iqtidorli vakillarimizdan biri Yanina Kuskovaga teng keladigani topilmadi.

    Guruh poygasi. Erkaklar, 130 km

    1. Murodjon Xolmurodov

    2. Nikita Stenkovoy

    3. Begzod Rahimboyev

    Guruh poygasi. Ayollar, 90 km

    1. Yanina Kuskova

    2. Anna Kulikova

    3. Renata Baymetova