Turnir birinchi kun bahslaridanoq murosasiz kechdi. Jamoaviy vaqt poygasi boʻyicha 40 km masofaga oʻtkazilgan musobaqada erkaklar oʻrtasida Daniil Yevdokimov, Nikita Stenkavoy, Dmitriy Sirko, Botirjon Ismatovlardan iborat “Dinamo” jamoasi 50:50, yoshlar oʻrtasida esa Samandar Sultonov, Ahmad Yuldashev, Husniddin Shonazarov, Davlatyor Zaribovdan iborat Xorazm viloyati jamoasi 52:59 daqiqa natija bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasidagi juftlik vaqt poygasi 20 km masofaga kechdi. Unda Yanina Kuskova va Madina Qahhorova 28:59 daqiqa natija bilan gʻalaba qozondi. Yosh qizlar oʻrtasidagi bellashuvda esa Anna Kuskova hamda Margarita Misyurina 30:22 daqiqa bilan eng yaxshi natijani qayd etdi.