Terma jamoamiz safidagi eng tajribali sportchi, Olimpiya oʻyinlari qatnashchisi Murod Xolmurodov bronza medalini qoʻlga kiritdi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
U erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxsiy poyga bahslarida belgilangan masofani 29:58.291 daqiqa ichida bosib oʻtdi va bu natija bilan u 3-oʻrinni egalladi.
Ushbu distansiyada 1-oʻrin qozogʻistonlik Yevgeniy Fyodorovga nasib etdi. Uning natijasi 28:45.197 daqiqani tashkil etgan boʻlsa, kumush medalga Yaponiya vakili Nariyuki Masuda (29:36.745) sazovor boʻldi.
Maʼlumot uchun: bungacha terma jamoamiz aʼzolari Osiyo chempionatida 3ta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritishgan edi.