Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor boʻldi

    Sport 27 Fevral 2025 1018

    Malayziyada velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi.

    Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Qayd etilishicha, hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqish barobarida yakkalik taʼqib poygasi dasturidagi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo va jahon rekordini ham oʻrnatdi. Sportchimiz 3000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib oʻtgan.

    Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing;

    Oltin medal:

    • Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
    • Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
    • Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik taʼqib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)

    Bronza medal:

    • Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi
    • Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison
    • Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Koziyeva, juftlik medison
    • Kattalar: Nafosat Koziyeva, omnium
    • Kattalar: Nafosat Koziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.