LHS 475 b Erdan 40 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. LHS 475 b NASAning tranzit usuli yordamida ekzosayyoralarni qidiradigan Transiting Exoplanet Survey Satellite (TESS) apparti tomonidan aniqlandi.

LHS 475 b Yer radiusining 0,955 radiusiga ega va ona yulduz atrofida 48,7 soatda aylanadi, undan 0,02 astronomik birlik masofada joylashgan. Bu Quyosh bilan Merkuriy oralig'idagi masofadan taxminan 15 marta yaqinroqdir. Sayyora yuzasining ichki qismining issiqligi va atmosferaning ta'sirini hisobga olmaganda muvozanat harorati 587 kelvinni tashkil qiladi. Uning og'irligini aniqlashning iloji bo'lmagan bo'lsa-da, u qoyalarga ega va Yernikiga o'xshash yer osti tarkibiga ega, deb xabar beradi lenta.ru.