Tugʻilgan kuningiz munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Shushadagi soʻnggi uchrashuvimizni iliqlik bilan eslayman, uning yakunlarini sarhisob qilar ekanman, Oʻzbekiston nafaqat ishonchli hamkor, balki mamlakatimizning samimiy doʻsti ekanini qatʼiy taʼkidlayman. Siz bilan ochiq hamkorlik tufayli keyingi yillarda Vengriya-Oʻzbekiston munosabatlari yanada kengayib, misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgani meni quvontiradi.
Janob Prezident, munosabatlarimizni mustahkamlashga sodiqligingiz uchun gʻoyat minnatdorman. Sizni ishontirib aytamanki, kelgusida ham Siz bilan hamkorlikda ikki tomonlama munosabatlarda yangi-yangi yutuqlarga erishish uchun barcha zarur choralarni koʻrishda davom etaman.
Sizga mustahkam sogʻliq va faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman!
Samimiyat ila,
Viktor Orban,
Vengriya Bosh vaziri