Shu yilning 21-23-iyun kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Vengriya OTMlari rektorlarining birinchi forumini oʻtkazish rejalashtirilgan. Mazkur forumda ishtirok etish uchun Vengriya delegatsiyasi tarkibida Zemelveys Universiteti (Semmelweis University) rektori doktor Bela MERKEY (Dr. Merkely Béla) va rektori maslahatchisi doktor Vilmosh IVADIlar Vengriya elchixonasi madaniyat buyicha xodimi hamrohligida Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor A.Shodmonov Vengriyaning ZEMMELVEYS universiteti delegatsiyasini qabul qildi.

“Vengriyadagi qadimiy tibbiy muassasa hisoblangan ZEMMELVEYS universiteti bugungi kunda ham mamlakatdagi noyob tibbiyot fanlari universiteti maqomini saqlab turibdi. Shunday nufuzli dargoh bilan mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimida allaqachon manfatli hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilgandi. Sizning bugungi tashrifingizdan soʻng aloqalarimiz zamonaviy tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi bosqichiga yana bir ishonchli qadam qoʻyish bilan yana-da mustahkamlanishiga umid bogʻlayman”.

TTA rektori A. Shodmonovning dunyoga mashhur universitet vakillari bilan suhbati ana shunday koʻtarinki ruhdagi eʼtirof bilan boshlandi. Tomonlar Vengriyadagi qadimiy tibbiyot universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasidagi oʻqitish mezonlari shuningdek, zamonaviy tibbiy taʼlimning chegara bilmas imkoniyatlari borasida fikrlashdilar. TTA simulyatsiya oʻqitish markazida oʻtgan samimiy uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning dastlabki kelishuvi imzolandi. Kelishuvga asosan birinchi navbatda talabalar orasida kredit asosida almashuv yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi.