Bu haqda mahalliy VnExpress yangiliklar portali xabar berdi.
Uning xabar berishicha, fojia 16-noyabr kuni kechqurun 27C milliy avtomagistralida joylashgan Xan Le dovonida sodir bo'lgan. Kuchli yomg'ir dovonda ko'chkini keltirib chiqardi, oqibatda 32 kishini olib ketayotgan avtobus uning ostida qolib ketdi. Tuproq va toshlar tog' yo'lining katta qismini to'sib qo'ydi va qutqaruvchilar voqea joyiga etib borish uchun ikki soatdan ko'proq vaqt sarflashdi.
Dushanba kuni ertalab voqea joyida qutqaruv ishlari davom etdi. Kuchli yomg'ir va keyin yuz berishi mumkin bo'lgan ko'chkilar xavfi ishlarga xalaqit bermoqda, deb xabar berdi report.az.
Kxanxoa gidrometeorologiya stansiyasining ma'lumotlariga ko'ra, viloyatda kuchli yomg'ir 18-noyabrgacha davom etishi kutilmoqda.









