Ijodkorlar Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi, “Bonum Factum” galereyasi, “Ilhom” teatri, Estrada sirk kolleji, Ogahiy nomidagi Urganch musiqali drama teatri, Ichan-Qalʼa tarixiy majmuasi, Buxoro musiqali drama teatri va Buxoro musiqa kollejlarida chiqish qiladilar.

Xalqaro jaz festivali Fransiya, Germaniya, Vengriya, Hindiston, Polsha, Slovakiya, Shveysariya va AQSH elchixonalari hamkorligida oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun: festival Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish fondi, YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Davlat konservatoriyasi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan.