VietJet Air Vetnamga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

    Transport 28 Noyabr 2022 721

    2022-yil 26-dekabrdan 2023-yil 23-martgacha VietJet Air Kamran – Toshkent – Kamran yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi.

    Tegishli kelishuv aviatashuvchi va “Uzbekistan Airports” oʻrtasida imzolandi.

    Parvozlar 367 yoʻlovchiga moʻljallangan qulay A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar haftada bir marta charter asosida amalga oshiriladi. Bunga parallel ravishda Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

    VietJet Air - xalqaro arzon aviakompaniya boʻlib va Vetnamda tashkil etilgan birinchi xususiy aviakompaniya hisoblanadi, bosh qarorgohi Xoshimin shahrida joylashgan. VietJet Air besh yil davomida (2017-2021-yillar) eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida eʼtirof etilgan.