Tumanda xitoylik investorlar bilan suv boshqaruvini aqlli tizimga oʻtkazish boʻyicha loyiha yakuniga yetkazildi.
Suv taqsimlanadigan 2 mingta nuqtaga hisoblagich va videokamera oʻrnatilib, kimga qancha suv borgani aniq koʻrinadi. Avtomatlashgan boshqaruv orqali 20 foiz, sugʻorish tarmoqlarini taʼmirlash hisobiga yana 10 foiz suv tejaladi. Suv boshqaruvi xususiy sektorga berilib, fermerlar bilan kooperatsiya tuziladi.
Viloyatlar hokimlariga Doʻstlikdagi yangi tizimni oʻrganish, viloyatidagi suv taʼminoti ogʻir va xarajati qimmat 1 tadan tumanda Doʻstlik tajribasini joriy qilish topshirildi.