Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta OTM bilan hamkorlikda ishlab, turizm obyektlari toʻgʻrisidagi kontentni boyitishi lozim boʻladi. Ular:

- 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik obyektlari kontentini yaratadi;

- ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;

- turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yoʻnalishlarida oʻqiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;

- turizm va servis obyektlari ishchilarini oʻqitadi.

Natijaga qarab OTM oʻqituvchilari va talabalari ragʻbatlantiriladi.