Mamlakatlarda karantin cheklovlari fuqarolarning shaxsiy masʼuliyati, har bir insonning kasallik xavfini, jiddiyligini his qilishi bilan uygʻunlashganida edi, virus tarqalishi pastroq darajada boʻlar edi. Atipik pnevmoniya (SARS-CoV-2) aholining 90 foizi tez-tez qoʻlini yuvgan va masofa saqlagan mamlakatlarda yuqori darajada epidemiya chaqirmagan.
Ayni vaqtda dunyoda qator davlatlarda vaksina ustida bosh qotirilmoqda. Mualliflar virus qanday tarqalishi haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish, oʻzini izolyatsiyalash, masofalanish, qoʻlni yuvish va niqob taqish — hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani toʻgʻrisida keng maʼlumot berish zarurligini taʼkidlashmoqda.
“Agar biz barchamiz mamlakat boʻylab keyingi 4, 6, 8, 12 hafta davomida niqob taqsak, virus tarqalishi toʻxtaydi”, — degan doktor Robert Redfild.