Amerikalik ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Afgʻoniston boʻyicha Xalqaro konferensiyaning ahamiyatini yuqori baholadi.

Toshkent anjumani dolzarb va zarur vaqtda tashkil etilgani, uning eʼtibor markazida butun afgʻon xalqi, uning qoʻshnilari va jahon hamjamiyati manfaatlari yoʻlida ushbu davlatda tinchlik, barqarorlikni taʼminlash va uni iqtisodiy tiklash masalalari ekanligi alohida taʼkidlandi.

Konferensiya xalqaro jamoatchilik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan mintaqaviy tashqi siyosati yutuqlarini eʼtirof etilayotganini yana bir bor tasdiqladi. Oʻzbekiston diplomatiyasining faolligi va amaliy saʼy-harakatlari tufayli soʻnggi yillarda mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oshib, barcha darajadagi aloqalar kengaymoqda, Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotir.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tahliliy muassasalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni faollashtirish boʻyicha aniq takliflar koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.