Elchining ishonch yorligʻi nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir uni lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va diplomatik missiyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
B.Gennad Jazoir tomoni Yangi Oʻzbekiston bilan barcha yoʻnalishlarda aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga tayyorligini taʼkidladi. Mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti, olib borilayotgan tizimli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va erishilgan yutuqlarga yuqori baho berildi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Jazoir siyosiy muloqotini jadallashtirish, shu jumladan oʻzaro tashriflarni tashkil etish, maslahatlashuvlar oʻtkazish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy sohada mavjud salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha birgalikda chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Jumladan, Oʻzbekistonda avtomobil va neft-gaz sanoati, AKT, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Jazoir kompaniyalarining ishtiroki toʻgʻrisida fikr almashildi. Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari va biznes subyektlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, oʻzaro asnoda savdo uylarini ochish masalasini koʻrib chiqish muhimligi qayd etildi.
Jazoirdan Oʻzbekistonga, xususan, dunyoga mashhur tarixiy Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayyohlik oqimini oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning qator masalalari ham muhokama etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.