J.Charlz Yangi Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash va ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.
Axborot-kommunikatsiya sohasidagi oʻzgarishlar jarayonida ilgʻor xorijiy tajriba, zamonaviy IT-texnologiyalar va tahliliy usullarni oʻrganish va joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekistonda ichki kommunikatsiyalarni mustahkamlash, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar koʻrib chiqildi.
J.Charlz bundan buyon ham tegishli sohalarda Oʻzbekiston hukumatiga faol yordam berishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.