Uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va ijobiy oʻzgarishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, vatandoshlarga Oʻzbekiston qonunlari va Rossiya qonunchiligiga rioya qilish, turli yot gʻoyalarga ergashmaslik kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.
Davlatimiz rahbariyati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va maʼnaviy tomondan qoʻllab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.