Aksiya doirasida shifokorlar tomonidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hisobida turuvchi va ehtiyojmand bemorlardan 910 nafari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 143 nafarida turli kasalliklar aniqlandi.
Ushbu bemorlardan 36 nafari Vobkent tuman tibbiyot birlashmasiga gospitalizasiya qilinib, 32 nafariga viloyat davolash muassasalariga yo‘llanma berildi. 8 nafarida esa yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi. Qolgan bemorlarga ham tor soha mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
Endi bunday aksiyalar viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham o‘tkaziladi.