4-6-fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzon kuzatiladi, jumladan, 4-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
5-6-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-fevral Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 6-fevral respublikaning barcha hududlarida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi.
7-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Togʻli hududlarda 6-7-fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.