Xususan, ayni sinovli kunlarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi qoshida birlashgan koʻngilli yoshlar viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda call markazda faoliyat olib borib, minglab qoʻngʻiroqlarga javob berishmoqda.

Shunday fidoyi yoshlarga qarab, “Shukr, ertamiz, kelajagimiz oqibatli yoshlar qoʻlida ekan”, deb yuboramiz. Albatta, kimdirga beminnat yordam koʻrsatish faqatgina koʻngli va ruhi pok insonlarning qoʻlidan keladi.

— Oʻz faoliyatimdan, odamlarga yordamim tegayotganidan mamnunman. Volontyorlik — oʻz-oʻzini rivojlantirish, ichki dunyosini goʻzallashtirish va mehr manumentini tiklash deganidir, —​ deydi yangiyerlik Gʻayrat Sattorov

Ana shunday gʻayratli yoshlar Sirdaryoda bor ekanidan, volontyorlar safi kundan kunga koʻpayib borayotganidan xursandmiz.