Samarqand viloyati Narpay tumanida istiqomat qiluvchi 2006-y.t., voyaga yetmagan I.S., IIBga ariza bilan murojaat qilib, uning boshqalarga koʻrsata olmaydigan holatdagi videosini nomaʼlum shaxs internet tarmogʻiga tarqatib yuborib, uning shaʼni va qadr qimmatini tahqirlaganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu videoni tarqatgan shaxs jabrlanuvchiga oldindan tanish boʻlgan, Narpay tumani Oqtosh shaharchasida yashovchi, 2003-y.t., T.Gʻ. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻz.R. JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilgan.