Qidirilayotgan bu shaxs qoʻlga olindi, deya xabar berdi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti. Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989-y.t., fuqaro K.Sh. ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (oʻgʻirlik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan.

Hozirda, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu fotosuratda koʻrsatilgan shaxsning harakatlaridan jabrlangan boʻlsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishingiz soʻraladi.