Mazkur oliy oʻquv yurtini bu yili Konchilik ishi, metallurgiya va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi mutaxassisliklari boʻyicha 72 nafar talaba tamomladi. Ulardan 4 nafari aʼlochi sifatida eʼtirof etildi.
Tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga filialning tashkil yetilishi va tarixiga oid videofilm namoyish yetildi.
Tantanali marosimda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, MTTU MISiS rektori Alevtina Chernikova, MTTU MISiS Olmaliq shahridagi filiali direktori Farhodbek Umarov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Hursanov hamda mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok yetishdi.
Tadbirda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek ustozlarga ham minnatdorchilik izhor yetildi.
Soʻngra, har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli estrada xonandalari Ravshan Sobirov va Lolaning shoʻx-shodon taronalari barchani raqsga chorladi.
Ayniqsa, bir qator xalqaro tanlovlar laureati va gʻolibi boʻlgan «Yedelʼveys» xalq ansamblining turfa xil raqslari barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Tadbir davomida turli xil tanlovlar va fleshmoblar talabalarga oʻziga xos sovgʻa boʻldi.