Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oktyabr oyi yakuni boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi. Unda oʻzbek bokschilari quyidagi oʻrinlarda qayd etilgan:
Super yarim oʻrta vazn (69,8 kg) – Isroil Madrimov 1-oʻrinda.
Super yengil vazn (63,5 kg) – Shahram Gʻiyosov 4-oʻrin, Shohjahon Ergashev 10-oʻrin, shuningdek, Oʻzbekiston nomi bilan qayd etilgan Botir Ahmedov 3-oʻrinda.
Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg) – Murodjon Ahmadaliyev jahon chempioni sifatida reyting eng yuqorisidan joy olgan.
Minimum vazn (47,6 kg) – Hasanboy Doʻsmatov 2-oʻrinda.