Mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasida “Windrose” aviakompaniyasi bosh direktori va asoschisi Vladimir Kamenchuk bilan uchrashuv oʻtkazildi.

2003-yilda tashkil etilgan “Windrose” aviakompaniyasi Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlariga doimiy va charter reyslarni amalga oshirib keladi.

Uchrashuvda taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston yoʻnalishi azaldan aviakompaniya uchun qiziq boʻlib kelgan va 2008-2010-yillarda “Windrose” Oʻzbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirgan.

Kompaniya Ukrainaning Davlat aviatsiya maʼmuriyatidan 2021-yil 27-martgacha Oʻzbekistonga haftasiga 2-martadan charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Shuningdek, Ukrainaning yana bir aviakompaniyasi — “SkyUp” ham Oʻzbekistonga charter reyslarini amalga oshirish uchun ana shunday ruxsatnoma olgan.

Kelajakda “Windrose” kompaniyasi aviatsiya logistikasi sohasida boshqa loyihalarni ham amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Oʻzbekiston pandemiya paytida Ukraina fuqarolari uchun kirish cheklovlarini bekor qilgan 59-davlatga aylanib, ukrainalik sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini namoyish etdi. Bu yerda Samarqand va Buxoro kabi jozibali maskanlar bor boʻlsada ushbu mamlakat ukrainalik sayyohlar orasida hozircha mashhur emas”, deya taʼkidladi,